“Obod qishloq” dasturi ijrosi tahlili va dolzarb vazifalar muhokama qilindi

27/08/2018 - 18:19 15633

Bugun Iqtisodiyot vazirligida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “Obod qishloq” dasturining ijrosi va istiqboldagi vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazirlikning Hududlarni monitoring qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini kompleks joylashtirish bosh boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, "O‘zbekenergo" va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatlari hamda "Mahalla" xayriya jamg‘armasining mutasaddilari qatnashdilar.

Tadbirga Hududlarni monitoring qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini kompleks joylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Xamzayev moderatorlik qildi. 

Matbuot anjumanida ishtirok etgan vazirlik va idoralar vakillari “Obod qishloq” dasturining ijrosini ta'minlashda o‘z tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdilar va istiqboldagi rejalari to‘g‘risida fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.


Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Press-relizni yuklab oling (o‘zbek tilida), (rus tilida)

Matbuot anjumanining dasturi

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati