Qishloq taraqqiyoti va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha BRICS sammiti doirasida simpozium
12/06/2022 - 09:35 3012
Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qoʻchqorov shu hafta (videomurojaat bilan) BRICSning Qishloq taraqqiyoti va kambag‘allikni qisqartirish boʻyicha simpoziumining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Simpoziumda BRICSga a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari, FAO bosh direktori Cyuy Dunxyuy, Xitoyning qishloq joylarini tiklash bo‘yicha milliy ma’muriyat rahbari Liu Xuan Sin, shuningdek, 10 ta davlatdan yuqori martabali amaldorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, tadqiqot institutlari va biznes hamjamiyatlari.

Simpozium BRICSga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining “Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish uchun BRICS davlatlarining hamkorligini mustahkamlash” mavzusidagi 12-yig‘ilishi bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tdi.
Simpoziumning asosiy maqsadidan biri sifatida qishloq joylarini rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashishdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomoni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq hududlarini rivojlantirish va ularning salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Xususan, minimal isteʼmol xarajatlari tizimi, hokim yordamchilari instituti, “Yagona ijtimoiy reyestr” va boshqalarni joriy etish bo‘ldi.
Shu bilan birga, belgilangan maqsadlarga erishishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishidan kelib chiqib, inson kapitalini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Simpozium davomida boshqa mamlakatlar vakillari ham kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligi, qishloq hududlari hamda inson kapitalini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati