Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar

10/12/2021 - 18:48 2700

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonining ilovasi bilan tasdiqlangan davlat dasturining ijrosi yuzasidan transport sohasida bir necha loyihalar amalga oshirilgan. Shu jumladan:

Toshkent shahrida yer usti halqa metrosini qurish” loyihasining II bosqich qismida – 7,8 km “Qo‘yliq – 12-sonli bekat” uchastkasida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qo‘yliq bozori bekati №7 dan - 12-sonli bekatgacha bo‘lgan qismida (2-bosqich) quyidagi qurilish montaj ishlari bajarildi:

  • Kotlovan qazish: 293 tadan 188 tasi qazib bitkazilgan.
  • Betonga tayyorlash (15 sm.li): 293 tadan 186 tasi yakunlandi.
  • Temir-beton poydevorning birinchi qavatini betonlashtirish: 293 tadan 186 tasi qurib bitkazilgan.
  • Temir-beton poydevorning ikkinchi qavatini betonlashtirish: 293 tadan 186 tasi qurib bitkazilgan.
  • Temir-beton poydevorning uchinchi qavatini betonlashtirish: 293 tadan 188 tasi qurib bitkazilgan.
  • Tayanch ustuni: 293 tadan 188 tasi bajarildi.
  • Temir-beton rigellarni o‘rnatish: 293 tadan 188 tasi qurib bitkazilgan.
  • Temir-beton balkalarini 1746 tadan 984 donasi o‘tkazilgan.

Ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektropoyezdini hamda 4 ta ekonom toifali vagon xarid qilish loyihasi bo‘yicha “Patentes Talgo” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan va shartnoma bo‘yicha birinchi Talgo-250 elektropoyezdi va to‘rt dona ekonom klass vagonlari joriy yilning 24-iyul sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelindi. Yo‘l sinovlari o‘tkazilib, Mustaqillikni 30 yilligi arafasida elektropoyezd foydalanishga topshirilgan.

Ikkinchi Talgo-250 elektropoyezdi joriy yilning 30-sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelindi.

Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish» loyihasi bo‘yicha “Boshtransloyiha” AJ tomonidan loyihaning Texnik iqtisodiy asosi (TIA) ishlab chiqilib, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan ijobiy xulosa olingan.

Toshkent metropoliteni uchun 10 ta harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12-yanvar 2021-yildagi PQ-4943 sonli qarori qabul qilingan.

Loyiha doirasida kredit kelishuv imzolangan va avgust oyida 5 ta metropoliten harakatlanuvchi tarkib vagonlari keltirilgan. Hozirda yo‘l sinovlari o‘tkazilishi yakunlangan bo‘lib, metro poyezdlari Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishiga qo‘yilgan.

2021-yil 26-oktabrda qolgan beshta to‘rt vagonli metro poyezdlari Toshkent shahriga yetkazib kelindi. Hozirda yo‘l sinovlari o‘tkazilishi yakunlangan.

Lokomotivlar xaridi yo‘li bilan lokomotiv parkini yangilash” loyihasi bo‘yicha jami 30 ta elektrovoz xaridi rejalashtirilgan, hozirgi paytda 17 ta elektrovoz keltirilgan, joriy yil yakuniga qadar 13 ta elektrovoz keltirilishi rejalashtirilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati