Yoshlar bilan muloqot
10/07/2019 - 20:07 6038
Bugun, 10 iyul kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Yoshlar yetakchisi Azamat Davletyarov tashabbuskorligida hamda vazirlikning Kasaba uyushmasi va Axborot xizmati bilan hamkorlikda vazirlikda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning vazirlik faoliyatida tadbiq etilayotganligi, jumladan turli sport musobaqalarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish ishlariga, ayniqsa yoshlar tomonidan o‘z sohalari yuzasidan taqdimotlarni tashkil etish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan davra suhbatlari, debatlar hamda yosh iqtisodchilar jamiyatini tuzish borasida ham takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni muhokamasi hamda davra suhbatlarini tizimli ravishda tashkil etishga kelishib olindi.