Yoshlar bilan muloqot

10/07/2019 - 20:07 6042

Bugun, 10 iyul  kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Yoshlar yetakchisi Azamat Davletyarov tashabbuskorligida hamda vazirlikning Kasaba uyushmasi va Axborot xizmati bilan hamkorlikda vazirlikda faoliyat olib borayotgan  yoshlar ishtirokida ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning vazirlik faoliyatida tadbiq etilayotganligi, jumladan turli sport musobaqalarini, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish ishlariga, ayniqsa yoshlar tomonidan o‘z sohalari yuzasidan taqdimotlarni tashkil etish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan davra suhbatlari, debatlar hamda yosh iqtisodchilar jamiyatini tuzish borasida ham takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni muhokamasi hamda davra suhbatlarini tizimli ravishda tashkil etishga kelishib olindi.