Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

08/04/2022 - 13:04 3806

     Joriy yilning 7-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining energetika bo‘yicha mintaqaviy rahbari Veronika Krakovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

        Uchrashuvda, shuningdek, YTTB Bankiri Malika Mirsaidova hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish departamenti direktori Temirmalik Xolikov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida, tomonlar O‘zbekistonda aholini gaz bilan ta’minlash sohasini rivojlantirish, eksport darajasini oshirish yuzasidan muloqot olib bordilar. Xususan, mamlakat hududlarini gaz bilan ta’minlash, yetkazib berishdagi masalalar, mexanizmi hamda hududlarda elektr energiya sohasini muhokama qildilar.

        Shuningdek, tomonlar davlat-xususiy sherikligi loyihalari, xususiylashtirish, jahon tajribasini o‘rganish yuzasidan fikr almashdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

        Uchrashuv so‘ngida, tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati