Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi vakili bilan uchrashuv

15/10/2021 - 10:31 4006

    13-oktabr, joriy yilda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligida BMTTDning kompleks tiklanish va mahalliy rivojlanish bo'yicha maslahatchisi Tomas Torogud bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish departamenti direktori Vohid Rahimov, qishloq xo'jaligi sohasida tarkibiy islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Odil Usarov va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov ishtirok etdi.

 Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad BMTTDning O'zbekistondagi faoliyati bilan tanishish va respublikada amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalarni milliy hamkorlar bilan muhokama qilishdir".

        Uchrashuv davomida xorijiy tomon hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va qabul qilingan strategiyalar (shu jumladan, elektr va ichimlik suvi bilan ta'minlash), shuningdek, qishloq xo'jaligi, jumladan, yer munosabatlari bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berdi.

     O'zbekiston tomonidan so'nggi 5 yil ichida urbanizatsiya, shahar hududlarini barcha sharoitlar bilan kengaytirishga alohida e'tibor qaratilganligi qayd etildi.

        Shuningdek, ishlab chiqilgan qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasi va 2020-2030-yillarda O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida qishloq va suv xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berildi.

     Aholini ish bilan ta'minlash maqsadida hududlarda xizmat ko'rsatish, shuningdek, kollej bitiruvchilarini turli kasb-hunar va biznesga o'qitish uchun "mono-markazlar" barpo etilgani qayd etildi.

       "Obod qishloq – Obod mahalla" dasturini, xususan, ushbu dastur bo'yicha erishilgan natijalarga alohida e'tibor qaratildi.

        Xorijiy tomon tomonidan yuqorida ko'rsatilgan barcha yo'nalishlarda yordam ko'rsatishga tayyorligi haqida xabar berildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati