Gayana Kooperativ Respublikasi vakillari bilan uchrashuv

03/09/2021 - 22:46 3822

Joriy yilning 2-sentabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Gayana Kooperativ Respublikasi moliya vaziri Ashni Kumar Singh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov, mehmonlar tomonidan Gayana Kooperativ Respublikasi moliya vazirining yordamchisi Safraaz Ahmad Shadud hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi bosh iqtisodchisi Vinayak Nagarajlar ishtirok etishdi.

 Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik Yig‘ilishi doirasida dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, har ikki tomon ham koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashdilar. Xususan, COVID-19 sharoitida barqarorlikni oshirish, yoshlarni har tomonlama rivojlantirish, ish o'rinlarini yaratish va boshqalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda xususiy sektor iqtisodiyotni tiklash, bandlikni oshirish va aholi hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha eng kuchli "drayver" ekanligi ta'kidlandi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning mumkin bo‘lgan istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq, do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tib, ITB boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik Yigilishi doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyatini yaratib berdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati