“Milliy iqtisodiyotning maʼnaviy asoslari” mavzusidagi maqolalar tanloviga start berildi!
17/08/2021 - 19:37 4013
Vazirlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2021-yil uchun “Yoʻl xaritasi”ning 40-bandiga muvofiq, tizim xodimlari ishtirokida “Milliy iqtisodiyotning maʼnaviy asoslari” mavzusida maqolalar tanlovini oʻtkazish belgilangan.
Tanlovga materiallar joriy yilning 23-avgustiga qadar qabul qilinadi.
Quyida ilova qilingan Nizomda tanlovning shartlari, oʻtkazilish sanasi va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilgan.
Ishtirokchilardan Nizomni diqqat bilan oʻqib, tanishib chiqishlari soʻraladi. Barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlsin!
Hurmat bilan Vazirlik maʼnaviyat va maʼrifat kengashi
Murojaat uchun: 71-232-6007
Izoh: “Milliy iqtisodiyotning maʼnaviy asoslari” mavzusida maqolalar tanlovi Nizomi