Xalqaro kuzatuvchi bilan uchrashuv

28/03/2015 - 15:57 7458

Ma'lumki, 2015 yilning 29 mart sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatimizga ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari tashrif buyurishgan.

Jumladan, joriy yilning 28 mart kuni Iqtisodiyot vazirligida ushbu kuzatuvchi vakillardan biri - Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi janob Isao Iidjima bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv doirasida, shuningdek, Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama manfaatli iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Shu bilan birga, infratuzilma, energetika va tarmoqlar yo‘nalishidagi loyihalarga ham e'tibor qaratildi.

Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.