Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi loyihasi
13/06/2015 - 17:28 9003
LOYIHA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Farmoyishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli “Mahalliy nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 sentyabrdagi 585-f-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli qaroriga asosan nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadigan butlovchi buyumlar, xom ashyo hamda materiallar Ro‘yxatiga ilovaga (zip, 198,7Kb) muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev