Energiya tejamkor uskunalar yarmarkasi Nukus va Urganch shaharlarida bo'lib o'tadi

10/10/2019 - 10:55 7008

Hurmatli tadbirkorlar, Nukus va Urganch shaharlarida energiya tejaydigan uskunalari ishlab chiqaruvchilari savdo yarmarkasini tashkil etishini mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz.
Yarmarka 15 oktyabr kuni Nukusda Respublika yoshlar markazi binosida (mo'ljal – «Toshkent» mehmonxonasi) va 16 oktyabrda Urganch shahrida hokimiyat binosida (Xorazm viloyati Kengashlari uyi) bo'lib o'tadi.
Ushbu yarmarka mintaqalardagi etakchi sanoat tadbirlaridan biri bo'lib, energetika sohasi uchun innovatsion echimlar, energiya tejash sohasidagi yutuqlar, shuningdek, energetika kompleksining zamonaviy samarali texnologiyalarini namoyish etadi.
Barcha manfaatdor tomonlarni ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz. Agar siz ushbu ma'lumotni boshqalar bilan baham ko'rsangiz minnatdor bo’lamiz.

"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" Loyihasini muvofiqlashtirish guruhi

Murojaat uchun telefonlar:
71 232 04 19 (459), 71 232 04 19 (342), 71 232 04 19 (344).