PRESS-RELIZ

27/04/2018 - 14:54 18245

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Toshkent sh.                                                                                            27.04.2018-y.

Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish dasturlarining mazmun va mohiyati

Ma'lumki, aholiga sifatli avtotransport xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, mamlakat shahar va qishloqlarida aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari ko‘rsatishning rolini kuchaytirish, shu bilan birga, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlash xalqimiz turmush tarzini yuksaltirish, farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Bu borada yurtimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvarda “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-son hamda 2018-yil 6-martdagi «Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3589-son qarorining tasdiqlanishi ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir. 

Aytish joizki, mazkur qarorlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: 

- aholiga sifatli, xavfsiz va tizimli avtotransport xizmati ko‘rsatishni ta'minlash; 

- mavjud tarkibni barcha qulay sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy avtobuslar va mikroavtobuslar bilan yangilash, harakat yo‘nalishlarini davr talabidan kelib chiqqan holda oqilona tashkil etish va kengaytirish;

- namunaviy loyiha asosida avtovokzal va avtostansiyalarni yangisini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda shu orqali aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta'minlash;

- yo‘lovchilarni tashish xavfsizligi yuzasidan chora-tadbirlarni kuchaytirish, yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish jadvallariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

2017-2021-yil yakuniga qadar, qaror bilan tasdiqlangan dastur doirasida 303 ta yangi yo‘nalish ochilishi hamda avtotransport xizmatlari ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Shundan, 2017-yilda yangi avtobus yo‘nalishlarini ochish dasturiga ko‘ra,  respublika bo‘yicha jami 86 ta rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 88 ta yangi yo‘nalishlar ochilgan. Shundan: Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘yicha 6 ta, Andijon viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida 4 ta, Jizzax viloyatida 12 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 ta, Navoiy viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida 10 ta, Samarqand viloyatida 16 ta, Sirdaryo viloyatida 7 ta, Surxondaryo viloyatda 7 ta, Toshkent viloyatida 4 ta, Farg‘ona viloyatida 7 ta, Xorazm viloyatida 6 ta, yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgan.
 
Dastur doirasida 2021-yil yakuniga qadar, 8612 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar sotib olinishi rejalashtirilgan. Shundan, 2017-yilda yangi avtobus va mikroavtobuslar sotib olinishi dasturga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 494 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar sotib olindi. Shundan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘yicha 38 ta, Andijon viloyatida 10 ta, Buxoro viloyatida 58 ta, Jizzax viloyatida 78 ta, Qashqadaryo viloyatida 23 ta, Navoiy viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida 62 ta, Samarqand viloyatida 46 ta, Sirdaryo viloyatida 15 ta, Surxondaryo viloyatda 43 ta, Toshkent viloyatida 7 ta, Farg‘ona viloyatida 70 ta, Xorazm viloyatida 40 ta, yangi avtobus xarid qilingan. 

2017-2021-yil yakuniga qadar dastur doirasida 74 ta avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shundan 2017 yilda dastur bo‘yicha 7 ta avtostansiyalar qurish va 6 ta rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lgan holida, amalda 9 ta avtostansiyalar qurilib, 9 tasi rekonstruksiya qilingan. Shundan: Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘yicha 1 ta, Andijon viloyatida 4 ta, Jizzax viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 ta avtostansiyalar rekonstruksiya qilingan.

Navoiy viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 1 ta, Surxondaryo viloyatda 3 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Buxoro viloyatida  1 ta yangi avtostansiyalar qurilgan. 

2017-2021-yil yakuniga qadar dastur doirasida 11712 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. 2017-yilda dastur doirasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari jami 880 tani tashkil qilgan. Shundan:

740 ta transport haydovchilari, 90 ta avtostansiya xodim va xizmatchilari, 50 ta texnik xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar hisoblanishadi.

Yuqoridagilaridan ko‘rinib turibdiki, davlatimiz tomonidan xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish, jumladan aholiga transport xizmatini ko‘rsatish, qishloq joylarda transport xizmatini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Shuningdek, ushbular orqali aholi bandligini ta'minlash masalalari ham ijobiy hal etilishiga zamin yaratilib bormoqda. Shubhasiz, kelgusida ham mamlakatimizda bunday bunyodkorlik ishlar izchil davom ettiriladi. 

Press-relizni yuklab oling