Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi o‘tkaziladi

27/07/2015 - 21:11 7540

Joriy yilning 28 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida hay'at a'zolari - vazirlik rahbariyati, Markaziy Apparatning Bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyot Bosh boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, vazirlik tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan.

Hay'at yig‘ilishida “2015 yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, shuningdek vazirlik, hududiy boshqarmalar hamda  vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarning ikkinchi yarim yillikda respublikamiz iqtisodiyotini yanada barqaror o‘sishini, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va maqsadli parametrlarining bajarilishini ta'minlashga qaratilgan eng ustuvor vazifalarga bag‘ishlanadi.