Yaponiyalik jurnalistlar bilan uchrashuv
11/06/2015 - 17:09 7644
Joriy yilning 10 iyun kuni Iqtisodiyot vazirligida Yaponiyaning “Asahi Shimbun” gazetasi tahririyati jurnalistlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jurnalistlar vazirlik mas'ul xodimlariga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Mazkur uchrashuv doirasida jurnalistlarga mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar, jumladan iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasi va sifatidagi ijobiy o‘zgarishlar kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ma'lumotlar taqdimoti o‘tkazildi. Bunda asosiy e'tibor mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi.
Uchrashuv yakunida mehmon - jurnalistlar ajoyib tarzda tashkil etilgan uchrashuv va samimiy qabul uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.