Respublika seminari va “davra suhbati” o‘tkazildi

23/01/2015 - 12:32 8473

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi O‘ZQ-380-sonli «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonuni (yangi tahriri) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014 yil 24 dekabrida tasdiqlangan chora-tadbirlar Rejasining 6 va 7-bandi  talablarini  amalga oshirish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan mazkur qonunning mohiyati va ahamiyatini vazirliklar, muassasa-tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlariga tushuntirish borasida “davra suhbatlari” va seminarlar o‘tkazishni tashkil etish Grafigi tasdiqlanib, barcha tegishli tashkilotlarga ushbu seminar va “davra suhbatlari”da bevosita qatnashishlari xabardor etilgan edi.

Ushbu Grafik bo‘yicha shu yilning 21 yanvarida Iqtisodiyot vazirligida Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va  savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat arxitektura qo‘mitasi hamkorligida mazkur qonunning mohiyati va ahamiyatini vazirliklar, muassasa-tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlariga tushuntirish bo‘yicha Respublika seminari va “davra suhbati” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda davlat byudjeti va boshqa manbalar, shuningdek, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsion loyixalarni amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralarning mas'ul shaxslari ishtirok etishdi.