Respublikamizdagi demografik jarayon
19/01/2015 - 17:42 12322
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 10,4 mln. kishiga ko‘paydi, ya'ni 1990 yildagi 20,6 mln. kishidan 2014 yil yakuniga kelib 31,0 mln. kishiga ortdi yoki 1990-2014 yillar mobaynida 1,5 barobarga o‘sdi.
Respublikamiz demografik holatini hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, aholining salmoqli qismi Samarqand (3 514,8 ming), Farg‘ona (3 445,3 ming), Qashqadaryo (2 960,6 ming) hamda Andijon (2 857,4 ming) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Qayd etib o‘tish lozimki, tug‘ilishlar soni bo‘yicha ham Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari yetakchilik qilishmoqda, shuningdek tug‘ilish koeffitsiyenti (har 1000 kishiga nisbatan) bo‘yicha esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarini ko‘rish mumkin.
Bugungi kunga kelib, respublikamizda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining jami aholi sonidagi ulushi 1990 yildagi 49,2 foizdan 61,7 foizga oshdi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholidan kichik yoshdagilar ulushi esa 42,9 foizdan 29,9 foizga kamaydi.
Mamlakatimizda aholining soni yildan yilga ko‘payib, bugungi kunda respublikadagi jami aholining 18,1 mln. nafari mehnat resurslari tarkibiga kiradi. Mehnat resurslarining 13,5 mln. nafari iqtisodiy faol, 4,6 mln. nafari iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kiradi.