Qonunlar ijrosi amalda

17/12/2014 - 20:45 7319

Bugun Iqtisodiyot vazirligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida hamda vazirlikda ijro intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli huquq-tartibot idora vakillari ishtirok etib, bu xususda o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Yig‘ilishda, shuningdek vazirlikka fuqarolar hamda yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan murojaat qiluvchiga javoblarni belgilangan muddatlarda yuborish kabi muhim masalalar borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tadbir qizg‘in va jonli muloqot tarzida o‘tdi.

Vazirlik Axborot xizmati