“Sog‘lom bola yili” davlat dasturining V bo‘limi ijrosi bo‘yicha
02/12/2014 - 17:04 8245
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi № PP-2133-sonli “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda qator tizimli ishlar, chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hisobot davrida Davlat dasturining V bo‘limi bo‘yicha xarajatlar miqdori 889,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning 11 oyi davomida 381 ta umumta'lim muassasalarida 282,0 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazildi va belgilangan reja 100 foizga bajarildi. Ayni paytda ularni zamonaviy o‘quv jihozlari, kompyuter sinflari, o‘quv-labarotoriyalari hamda boshqa zarur inventarlar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida, jumladan 1099 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida imtiyozli yo‘llanmalar asosida jami 295624 nafar bolajonlarning dam olishlari ta'minlandi.
Shu bilan birga, Orolbuyi hududidan 4950, Mehribonlik uylaridan 3658 nafar bolalar, 2927 nafar iqtidorli hamda 70583 nafar kam ta'minlangan oilalarning farzandlari, shuningdek, 20 mingdan ortiq bolalar 239 ta ixtisoslashtirilgan oromgohlarda bepul dam oldilar.
Aytish joizki, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Manzilli dastur tasdiqlangan. Dasturga muvofiq, 3 ta yangi oromgoh qurish, 16 ta oromgohlarni qayta ta'mirlash, 24 ta oromgohlarni esa kapital ta'mirlash rejalashtirilgan. Hisobot davrida ushbu maqsadlar uchun jami 25,6 millard so‘m miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi.