Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
25/10/2022 - 11:37 1955
Viloyatda o‘tgan 9 oy davomida 721 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.
493 ming 077 ta xonadonlarning 493 ming 077 tasi (100 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.
36 907 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz a’zolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishga harakat qilayotgan xonadonlar, 7,5 foiz);
252 977 ta xonadon ikkinchi toifa (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 51,6 foiz);
35 613 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal a’zolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 7,3 foiz);
167 538 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 34,1 foiz) kiritildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra:
“Onlayn-mahalla” platformasiga 493 ming 077 ta xonadon
(100 foiz) kiritilgan.
aholi xonadonlaridan 107 ming 688 ta turli muammo va takliflar aniqlangan.
Shuningdek,
87 ming 182 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
66 ming 118 nafar ishlash istagi mavjud mehnatga layoqatli ishsizlar;
29 ming 572 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
35 ming 959 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
38 ming 907 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
4 ming 555 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
38 ming 511 nafar nogironligi mavjud xonadon a’zolari aniqlangan.
Hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari bilan, yanvar-iyun oylarida:
mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 139 ming 144 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
Xususan,
- 6 ming 944 nafar fuqaro tadbirkorlik sub’ektlariga ishga joylashtirildi;
- 56 ming 589 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi;
- 28 ming 115 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;
- 3 ming 986 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga a’zo qilindi;
- 12 ming 508 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;
- 13 ming 586 nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;
- 3 ming 323 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilindi;
- 14 ming 93 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.
Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud
29 ming 572 nafar fuqarodan 20 ming 188 nafari:
Bandlik boshqarmasi;
Savdo-sanoat palatasi;
Tadbirkorlik asoslari maktabi;
Oliy biznes maktabi;
nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qitilib, ularga tadbirkorlik qilishlari uchun kredit va subsidiyalar ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami 850 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.
Bugungi kunda 40 ming 717 ta fuqaroga 1038,0 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.
Shundan,
- tijorat banklari tomonidan 28 ming 666 ta fuqaroga 702,5 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.
Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 5 ming 847 gektar yer maydonlari 36 949 ta lotga ajratilib, “ye-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.
Hozirgi kunda,
5 ming 847 gektar yer maydoni 29 ming 763 ta lotga (100 foiz) ajratilib, auksion savdolariga qo‘yilgan.
28 ming 115 ta lotga ajratilgan 5 ming 695 gektar yer maydonlari (97,4 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “ye-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz, sabzavot va boshqa ekin mahsulotlarini ekish ishlari olib borishmoqda.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turgan 13 ming 631 nafar fuqaroga 2 796 gektar yer maydonlari ajratilib, doimiy daromad manbai bo‘lishiga erishildi.
Viloyat bo‘yicha jami 470 ming 310 bosh parranda, qo‘y, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.
Jumladan,
803 ming 600 bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
431 ming 667 bosh (53,7 foiz) tarqatilgan;
17 ming 619 bosh qo‘y va echki tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
11 ming 100 bosh (63,0 foiz) tarqatilgan;
24 ming 876 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
10 ming 833 bosh (43,5 foiz) tarqatilgan;
17 ming 730 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib, amalda
16 ming 710 ta (94,2 foiz) tarqatilgan.
Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan o‘tkazilgan xatlovda aniqlangan 204 ta mahalladagi 380 ta xonadonga 469 ta inkubator tarqatilgan.
Shuning bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 maydagi 252-son qaroriga asosan Hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 12 ta faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi ishsiz, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan fuqarolarga subsidiya mablag‘lari ajratilishi belgilangan.
Unga asosan joriy yilning iyun-sentyabr oylarida jami
1103 nafar fuqaroga 3,4 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Shundan, 88 nafar fuqaroga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berildi, 1 nafar fuqaroga sug‘orish vositasi, 573 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zaruriy asbob-uskunalar yetkazib berildi, 222 nafar fuqaroga Qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kirishlari hamda
219 nafar “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlari uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Bundan tashqari, 31 ming 396 sotix yer maydonida aholi xonadonlarida ixcham issiqxonalar qurilgan bo‘lib, ushbu issiqxonalar qurilishi natijasida 9 670 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 3 284 nafar yangidan kichik biznes va 10 866 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati