Vazirlik markaziy apparatida xo‘jalik ishlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar o‘rta va yuqori deb baholangan Ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida maxsus ma’rifat soatlari

10/10/2022 - 12:43 2591

Joriy yilning 9-oktabr kuni vazirlik markaziy apparatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash jarayonida vazirlik markaziy apparatining Ishlar boshqarmasi (xo‘jalik ishlari) faoliyati bilan shug‘ullanuvchi funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlar o‘rta va yuqori deb baholanganligi munosabati bilan vazirlik markaziy apparatida vazirlikning Ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida maxsus ma’rifat soatlari ko‘rinishida joriy yilning sentabr-oktabr oylarida haftaning birinchi va ikkinchi yarmida seminar tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur ma’rifat soatlari davomida Ishlar boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari, amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha korrupsiyani oldini olish hamda funksiyalarni to‘laqonli bajarish bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, Jinoyat kodeksidagi korrupsiyaviy jinoyatlar uchun belgilangan jinoyatlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari, shu bilan birga, vazirlik tomonidan tasdiqlangan kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma talablari bo‘yicha tushuntirishlar berib borildi.

Tadbirda Ishlar boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha tartib-taomillarni o‘tkazish tartiblari, kontragentlarni tekshirishga oid amalga oshirilib kelinayotgan ishlar sifati, kontragentlarni tekshirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar hamda ushbu sohada vazirlik xo‘jalik yurituvida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarni yechimi haqida ma’lumot berildi.