Islom taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
06/07/2022 - 09:16 3220
Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Islom taraqqiyot banki (ITB) moliyaviy ko‘magi bilan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ushbu Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi 4224-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi 428-sonli qarorlari asosida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan uzoq muddatli kredit (600 mln АQSH dollari) doirasida amalga oshiriladi
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi 2-Fazasi bo‘yicha Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining 21 ta tumanlaridagi 157 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari tanlab olingan.

Xususan, Samarqand viloyati – Bulung‘ur, Jomboy, Ishtihon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Samarqand, Toyloq va Urgut;
- Qashqadaryo viloyati – Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, G‘uzor, Dehqonobod va Qamashi;
- Surxondaryo viloyati – Boysun, Sherobod, Аngor, Muzrabot va Termiz tumanlarida ishlarni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Dastur doirasida Islom taraqqiyot bankining jami 256 mln dollar miqdoridagi pul mablag‘lari jalb etilishi rejalashtirilgan. Mazkur Loyiha amalga oshirilishi natijasida 623 ming nafar qishloq aholisining muhandislik infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish (ichki yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiya, muqobil energiya va boshqalar);
- Ijtimoiy soha obʼektlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta taʼlim, tibbiyot muassasalari va boshqalar)ni mavjudlarini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash, yangilarini energotejamkor va zamonaviy qurilish materiallari asosida qurish.
Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish (ichki yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiya, muqobil energiya va boshqalar);
- Ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta taʼlim, tibbiyot muassasalari va boshqalar)ni mavjudlarini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash, yangilarini energotejamkor va zamonaviy qurilish materiallari asosida qurish.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun doimiy aloqada bo‘lishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati