“Berlin Economics” kompaniyasi vakili bilan uchrashuv
22/06/2022 - 10:10 2941
Joriy yilning 21-iyun kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarovning “Berlin Economics” kompaniyasi vakili va maslahatchisi Voldemar Valter bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

“Berlin Economics” tadqiqotlarga yo‘naltirilgan kompaniya hisoblanib, 15 yildan ortiq hukumat konsaltingiga ixtisoslashgan.
Uchrashuvda Mashinasozlik (uskunasozlik) va mudofaa sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shoyadbek Babayev hamda vazirlikning mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston tomoni mehmonlarni mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib, ushbu amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kutilayotgan natijalar haqida so‘zlab berdi.

Mehmonlar avtosanoat klasterini yurtimizning ayrim viloyatlarida yaratish taklifini ilgari surishdi, shu asnoda ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida mehmonlar avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida zavodlarga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv yakunida kompaniya bilan ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishga kelishildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati