Ozarbayjon kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi vakillari bilan uchrashuv
21/06/2022 - 16:26 3010
Toshkentda 2022-yil 20-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

21 iyun kuni mazkur forumga tashrif buyurgan Ozarbayjon Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi boshqaruv raisi Orxan Mammedov va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzoxid Ubaydullayev bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tashkilot faoliyati va vazifalari haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi va kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlar almashishdi.
Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tashkilotlar orasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati