Xorijiy kompaniyalar vakillari hamda xalqaro konsultant Fransisko Igualada bilan uchrashuv
16/05/2022 - 10:05 3859
Joriy yilning 10-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov va xorijiy kompaniyalar vakillari hamda xalqaro konsultant Fransisko Igualada va mas'ullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar geologiya, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish hamda kon va maydonlarni o‘rganish bo‘yicha fikrlar almashdilar.


Bundan tashqari, “Miskon”, “Yoshlik II”, “Mang‘it” va “Arabband” obyektlarini JORC standartlari asosida baholash va xalqaro tenderga tayyorlash ishlari yuzasidan to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar mis klasteri, uni qazib olish, eksport qilish hamda yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati