Joriy yilning 4-10-aprel kunlari uchun Iqtisodiy faollikning ayrim ko‘rsatkichlari haftalik dinamikasi
15/04/2022 - 16:39 3220
2022-yilning 4–10-aprel kunlari “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi”da yuqori likvidli mahsulotlarning sotilish hajmi o‘tgan yilning mos haftasiga nisbatan 1,5 barobarga oshgani bo‘lsa, o‘tgan oyning mos haftasiga nisbatan 37 foizga oshgani kuzatildi. Jumladan, o‘tgan yilning mos haftasiga nisbatan suyultirilgan gaz 4,3 barobarga, polietilen 1,3 barobarga, qora metallar prokati 1,3 barobarga, mis katodi 1,0 barobarga oshgani qayd etildi. O‘tgan oyning mos haftasiga nisbatan esa suyultirilgan gaz 2,5 barobarga, polietilen 1,1 barobarga, mis katodi 1,1 barobarga, qora metallar prokati 1,0 barobarga oshgani kuzatildi.
Bojxona statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 4–10-aprel kunlari tovarlar eksport hajmi 122,4 mln dollarni, import esa 514,5 mln dollarni tashkil qildi.
Kuzatilayotgan ushbu davrda tovarlar eksporti hajmining 70,7 foizi asosiy 5 ta tovarlar guruhiga to‘g‘ri kelib, jami 86,6 mln dollarni tashkil qilmoqda (Xususan, 30,1 mln dollarlik kalava ip, 19,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 19,5 mln dollarlik metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, 9,5 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari va 8,0 mln dollarlik transport va uning ehtiyot qismlari).
Import tovarlari guruhida esa eng katta ulushga ega bo‘lgan 5 ta tovarlar hajmi 309,2 mln dollarni tashkil etdi. Bular:
Texnologik asbob-uskunalar (91 mln dollar), transport va uning ehtiyot qismlari (82 mln dollar), metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (55,1 mln dollar), farmatsevtika mahsulotlari (43 mln dollar), oziq-ovqat mahsulotlari (38,1 mln dollar).
Joriy yilning 4–10-aprel kunlari iste’mol narxlari indeksi (INI) o‘tgan haftaga nisbatan 0,07 foizni tashkil etdi (65 ta mahsulot va xizmatlar kesimida).
Xususan, o‘tgan haftaga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,14 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,03 foizga oshgan bo‘lsa, xizmatlar narxlari esa o‘zgarishsiz qoldi.
Respublikada o‘rtacha iste’mol narxlari indeksi darajasiga yuqori ta’sir qilgan hududlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bo‘lib, bunda iste’mol narxlari indeksi darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (0,20 foiz), Farg‘ona viloyatida (0,12 foiz), Toshkent shahrida (0,09 foiz), shuningdek, Surxondaryo viloyatida (0,08 foiz) miqdorida qayd etilgan.
Ma’lumot uchun: Ushbu hududlarda INI o‘sishi, asosan, oziq-ovqat mahsulotlari va mahsulotlar narxlarining oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati