Surxondaryo viloyati misolida 15-mart holati uchun Hokim yordamchilari ish faoliyati yuzasidan daydjest
24/03/2022 - 11:07 2953
721 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.
489 ming 562 ta xonadonlarning 481 ming 692 tasi (98,4 foizi) xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlar 4 toifaga ajratildi:
- 36 840 ta xonadon birinchi toifaga (daromadi kam, ishsiz aʼzolari bo‘lgan, o‘z ishini boshlashga qiziqishi katta, shuningdek, daromad topishga, kasb o‘rganishda harakat qilayotgan xonadonlar, 7,5 foiz);
- 297 518 ta xonadon ikkinchi toifaga (doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagi bor xonadonlar, 60,8 foiz);
- 31 276 ta xonadon uchinchi toifaga (nogironligi va kasal aʼzolari bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar, 6,4 foiz);
- 116 004 ta xonadon to‘rtinchi toifaga (iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar, 23,7 foiz) kiritildi.
Xatlovlar natijalariga ko‘ra:
“Onlayn-mahalla” platformasiga 481 ming 692 ta xonadon
(98,4 foiz) kiritilgan;
Aholi xonadonlaridan 68 ming 629 ta turli muammo va takliflar aniqlangan;
Shuningdek,
- 113 ming 953 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar;
- 31 ming 981 nafar doimiy ishlash istagi borlar;
- 5 ming 860 nafar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud fuqarolar;
- 14 ming 146 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar;
- 30 ming 536 nafar kredit olishga istagi bo‘lgan fuqarolar;
- 828 nafar kooperatsiya asosida ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar;
- 36 ming 538 nafar nogironligi mavjud xonadon aʼzolari aniqlangan.
Hokim yordamchilarining saʼy-harakatlari bilan:
Mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 35 ming 890 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Xususan,
- 4 ming 220 nafar fuqaro tadbirkorlik subyektlariga ishga joylashtirildi;
- 14 ming 959 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashildi;
- 2 ming 794 nafar fuqaro dehqon xo‘jaliklari faoliyati bilan band qilindi;
- 1 ming 231 nafar fuqaro hunarmandchilik uyushmasiga aʼzo qilindi;
- 1 ming 1 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi;
- 3 ming 421 nafar fuqaro shaxsiy tomorqasi orqali band qilindi;
- 1 ming 1 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga jalb qilindi;
- 7 ming 263 nafar fuqaro boshqa sohalarda ishga jalb etildi.
Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qish istagi mavjud 5 ming 860 nafar fuqarodan
3 ming 471 nafari:
- Bandlik boshqarmasi;
- Savdo-sanoat palatasi;
- Tadbirkorlik asoslari maktabi;
- Oliy biznes maktabi;
- Nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan o‘qitilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida viloyat uchun jami
850 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratish belgilangan.
Bugungi kunda 7 ming 968 ta fuqaroga 245,9 mlrd so‘mlik imtyozli kredit mablag‘lari uchun ijobiy xulosalar berilgan.
Shundan, tijorat banklari tomonidan 1 ming 408 ta fuqaroga
37,1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari chiqarilgan.
Paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida 5 ming 847 gektar yer maydonlari 36 754 ta lotlarga ajratilib, “e-auksion” tizimi orqali sotish belgilangan.
Hozir kunda,
- 4 ming 469 gektar yer maydoni 23 ming 705 ta lotlarga
(76 foiz) ajratilib, auksion savdolariga quyilgan. - 12 ming 841 ta lotlarga ajratilgan 2 ming 253 gektar yer maydonlari (52 foiz) aholi xonadonlari tomonidan “e-auksion” tizimi orqali sotib olinib, poliz mahsulotlarini ekish ishlari olib borishmoqda.
- Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turgan
6 ming 984 nafar fuqaroga 800 gektar yer maydonlari ajratilib, bugungi kunda
6 ming 984 nafar fuqaroning domiy daromad manbai bo‘lishi erishildi.
Viloyat bo‘yicha jami 54 ming 500 bosh parranda, quy, echki, quyon va asalari uyasi aholi xonadonlariga tarqatildi.
Jumladan,
- 84 ming 290 bosh parranda tarqatish belgilangan bo‘lib,
amalda 48 ming 495 bosh (57 foiz) tarqatilgan; - 5 ming 720 bosh quy va echki tarqatish belgilangan bo‘lib,
amalda 3 ming 190 bosh (56 foiz) tarqatilgan; - 3 ming 70 bosh quyon tarqatish belgilangan bo‘lib,
amalda 1 ming 342 bosh (43 foiz) tarqatilgan; - 2 ming 261 ta asalari uyasi tarqatish belgilangan bo‘lib,
amalda 1 ming 473 ta (65 foiz) tarqatilgan. - Shuningdek, 1 ming 181 sotix yer maydonida aholi xonadonlarida ixcham issiqxonalar qurilgan bo‘lib, ushbu issiqxonalar qurilishi natijasida 390 ta
yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 592 nafar kichik biznes subyektlarini
tashkil etish belgilangan.
Bugungi kunda:
- 946 nafar (159 foiz) yangidan kichik biznes va 1968 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi
QQ-214-IV-sonli qarori asosida «Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus» Respublika
ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi 2022-yil 4-mart kuni yangi Oliy Majlisi Senati binosida bo‘lib o‘tdi.
Unda "Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti" nominatsiyasi bo‘yicha Oltinsoy tumani “Mirshodi” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan Mamasobirov Sharofitdin Xushnazarovich sharafli
1-o‘rin olib g‘olib deb topildi.
G‘oliblar O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T. Norboyeva tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati