Joriy yilning 1-28-fevral kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

28/02/2022 - 11:35 2100

Ushbu davr mobaynida bozorda qovun 7 000 so‘mga, tarvuz 6 500 so‘mga, piyoz 550 so‘mga, sabzi 250 so‘mga va kartoshka 100 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-28-fevral kunlari umumiy qiymati 58,6 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 mln dollar ko‘p) jami 85,3 ming tonna (18 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 17,2 ming tonna karam, 10,7 ming tonna mosh, 8,2 ming tonna mayiz, 6,9 ming tonna loviya, 6,7 ming tonna pomidor, 4,9 ming tonna quritilgan meva, 4,6 ming tonna sabzi, 2,9 ming tonna uzum, 2,6 ming tonna anor, 2,5 ming tonna gulkaram, 2,3 ming tonnadan yeryong‘oq va turp hamda 1,9 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 28,3 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 117,9 ming tonna (63 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 81,5 ming tonna kartoshka, 11,7 ming tonna banan, 8,0 ming tonna olma, 7,6 ming tonna mandarin, 1,4 ming tonna apelsin va 1,2 ming tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-28-fevral kunlari hududlardan jami 19,8 ming tonna, xususan, 10,9 ming tonna kartoshka, 5,8 ming tonna piyoz, 1,2 ming tonna karam va 1,8 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 400 tonna kartoshka, 1 981 tonna piyoz, 1 153 tonna karam, 719 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 2 740 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1 096 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 428 tonna, Surxondaryo viloyatidan 428 tonna va Sirdaryo viloyatidan 271 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 790 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 608 tonna, Afg'onistondan 1 100 tonna, Pokiston Islom Respublikasi 6 895 tonna va Eron Islom Respublikasidan 1 150 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-28-fevral kunlari jami 343,8 tonna, shu jumladan 242,5 tonna mol go‘shti va 101,3 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati