“HeliosNet” O'zbekistonga 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni mo'ljallamoqda

09/04/2008 - 07:23 7518

Toshkentda O’zbekiston va Rossiya tadbirkorlari ishtirokidagi biznes-seminar boshlandi. O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiya Federatsiyasining yirik yo’ldosh operatorlaridan biri – “Veb Media Servis” (“HeliosNet”) kompaniyasi ushbu tadbir tashkilotchilari hisoblanadi.

Biznes-seminarni o’tkazishdan maqsad o’zbek tadbirkorlarining “HeliosNet” kompaniyasi bilan to’g‘ridan-to’g‘ri hamkorlik munosabatlarini o’rnatishdan iborat. Seminarda amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. O’zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar ko’payishini rag’batlantirayotgani ta’kidlandi.

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxovning ta’kidlashicha, “HeliosNet” kompaniyasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha qo’shma dasturlarni amalga oshirishda o’zbekistonlik sheriklari bilan birgalikda ishtirok etadi. Bunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga uch yil davomida 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish mo’ljallanmoqda.

“HeliosNet” kompaniyasi mijozlarga kooperativ tarmoqlarni, IP-telefoniya, videokonferensiya aloqalar va masofaviy o’qitishni tashkil etish, shuningdek, tezkor internetdan foydalanish xizmatlarini taqdim etadi.

Источник: www.uza.uz