АCCА ning DipIFR malakasini qo’lga kiriting va yuqori talabga ega mutaxassis bo'ling!
26/03/2021 - 09:07 2629
Biz sizlarga mamnuniyat bilan xabar beramizki, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ACCA ning RLP (Registered Learning Partner) dasturi bo'yicha akkreditatsiyadan o'tgan hamkori maqomini qo'lga kiritdi. Mazkur maqom Oliy maktabni ACCA kurslarida o'qishni xohlagan tinglovchilar uchun sifatli o'qitish xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida tasdiqlaydi.
✅Ro'yxatdan o'tgan hamkor sifatida Oliy maktab “Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) АCCА ning DipIFR malakasi” dasturi bo'yicha o'qitadi. Kurs dasturining to'liq tavsifi bilan ushbu havola (https://rgsbm.uz/uz/menu/uchebnyj-kurs-msfo-dipifr-rus#_ftn1)orqali tanishish mumkin.
☎️Mazkur kursda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar 99 8673577, 71 2390310 raqamlari yoki b.mamatov@rgsbm.uz elektron manziliga xat orqali murojaat qilishlari mumkin.