"Savdo to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi
12/08/2020 - 18:06 24579
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilingan.
Ushbu Davlat dasturi doirasida «Savdo to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, qonunda davlat va jamiyatning zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga mos savdo tizimini joriy etishi, uning huquqiy asosini yaratish orqali savdo bozori ishtirokchilari manfaatlarini teng huquqli himoya qilish, erkin raqobat muhitini yaratish, huquq va majburiyatlarini beligilab berish kabi muhim vazifalarni qamrab olinishi zaruriy shartlardan biridir.
Qonun loyihasini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, ma’sul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilib, joriy yilning 3 iyulida "Savdo to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini muhokama qilish masalasiga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Muhokamada Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi hamda xususiy sektor vakillari ishtirok etishdi.
Muhokama doirasida qonun loyihasi bandlari birma bir ko‘rib chiqildi taklif va e’tirozlar eshitildi. Ushbu qonun zaruriyati bugungi kun talabi ekanligi, norasmiy sektor ulushining keskin kamayishda, savdo faoliyati huquqiy normalarini tartibga solishda, davlat organlarining asossiz aralashuviga chek qo‘yish, savdoning talab va taklif orqali rivojlaninishini ta’minlash xizmat qilib, savdo bozori ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berishga qaratilgan huquqiy mezon bo‘lishi haqida ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda “Savdo to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga taklif va mulohazalar olish maqsadida qo‘yildi.
Xurmatli fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari, “Savdo to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalaringizni https://regulation.gov.uz/oz/document/20368 (ID20368) O‘zbekiston respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi ochiq portalida qoldirishingizni so‘raymiz.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati