Elektron kooperatsiya portali

10/08/2020 - 15:10 15453

Portal quyidagi avfzalliklarga ega:

·      ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni bepul joylashtirish;

·      istalgan vaqtda ishlash uchun qulay savdo maydonchasi;

·      yangi ishlab chiqaruvchilar uchun mahalliy bozorga tez va oson kirish;

·      sanoat korxonalarining Respublika miqyosida o’tkaziladigan savdolarda ishtirok etish;

·      mahsulotlarni vositachisiz sotish va sotib olish;

·      hamda mobil ilovadan foydalanish imkoniyati.

 

Bugungi kunda portalda jami 47 mingdan ortiq mahsulot savdoga qo’yilib, joriy yilda jami 5.6trln so’mlik 27202ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shuningdek mazkur portal davlat tashkilotlari hamda xususiy sanoat korxonalari o’rtasidagi hamkorlik qilish imkoniyatlarini ham o’z ichiga oladi.


O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati