Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosarining O'zbekistonda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan sharhi
27/07/2020 - 12:36 4650
Akmalxon ORTIQOV,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
-Dunyodagi har qanday mamlakatda aholining kam ta’minlangan qatlami mavjud. O‘zbekistonda ham odamlarning muayyan qismi yetarli daromad manbaiga ega emasdigi va kambag‘alligi uzoq yillar “yopiq mavzu” bo‘lib keldi. Prezidentimiz joriy yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu haqda ochiq-oydin gapirdi va tariximizda birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Dastlabki hisob-kitoblar yurtimizning12-15 foiz yoki 4-5 million aholisi kambag‘al ekanligini ko‘rsatdi.
Yangi ish o‘rinlari yaratishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi. daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Aholining nochor qismiga ko‘mak berish maqsadida komleks va hududiy dasturlar ishlab chiqilgan, vazirlar, hokimlar va sektorlar rahbarlarining vazifalari belgilab berilgan. Lekin pandemiya ko‘p sohalarda ish o‘rinlarini yaratishga, kambag‘allikka qarshi kurashishga katta zarar yetkazib kelyapti. Uning ta’sirin yumshatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yo‘lga qo‘yildi. Uning doirasida xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga asosan, karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalarga, yakka yolg‘iz va nogironlarga hamda o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan 321 mingga yaqin oilalarga 127 mlrd. 700 mln. so‘mdan ziyod mablag‘lar sarflandi.
Hududlardagi sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan may-iyun oylarida ehtiyojmand oilalarga mansub 233 mingga yaqin fuqarolarimizga daromad manbaini yaratish choralari ko‘rildi. Hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbai yaratishning “Vaqtinchalik tartibi” ishlab chiqildi. Unga muvofiq, “saxovat daftari”ga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash va ularni kambag‘allikdan chiqarishning aniq tartib va rejalari ko‘rsatib berildi.
Joriy yilning iyul-oktyabr oylarida muxtoj oilalarning yana 257 mingga yaqin mehnatga layoqatli qismini daromad manbai bilan ta’minlashimiz zarur. Buning uchun joylardagi 4 ta sektor rahbarlari iqtisodiy kompleks tashkilotlari bilan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, jamoat ishlariga jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish tizimi, investitsiya kompleksi bilan mavjud va yangidan ishga tushirilayotgan korxonalarga joylashtirish qishloq xo‘jaligi majmui bilan sohadagi korxonalarga, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga serdaromad ekinlarni ekishiga yordam berish orqali, qurilish tashkilotlari bilan byudjet mablag‘lariga qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’ektlarga va bugun ipotekaning yangi tartibida amalga oshirilayotgan uy-joylar qurilishida bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. Albatta, mazkur choralarning ijrosi bo‘yicha qat’iy monitoring tizimi o‘rnatilgan.
8 iyun kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.
Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko‘rsatkichi eng past sektorlar ta’kidlanar ekan, ularning rahbarlariga jazo choralari ko‘rildi. Jumladan, Farg‘ona tumani hokimi, Yakkabog‘ tumani prokurori, G‘uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, Muborak tumani va Qo‘qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu, o‘z navbatida, rahbar qayerda va qanday lavozimda ishlashidan qat’i nazar, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashi zarur va shart ekanligini ko‘rsatadi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish kundalik ishlarimiz bo‘lsa, oldimizda xalqaro moliya institutlari, jumladan, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot bankining ekspertlari bilan kambag‘allikni qisqartirishning konseptual hujjatlarini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi turibdi. Jumladan, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning 2030 yilgacha strategiyasi va konsepsiyasi tayyorlanmoqda. Unda kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullari, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy ta’minoti va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba (xususan, Xitoy tajribasi) dan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati