Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar
13/02/2020 - 18:29 5269
Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish borasidagi milliy maqsadlar (8-maqsad) bir nechta vazifalarni amalga oshirilishini ko‘zda tutadi. Jumladan:
- mehnat bozorida faol chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza qilish, kichik va yirik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tezkor rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali aholi, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, samarali bandlikni kengaytirishga yo‘naltirilgan qulay shart-sharoitlar yaratish
(8.3-vazifa); - 2030 yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironlarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish o‘rinlari bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun bir xil miqdordagi ish haqi to‘lanishini ta’minlash
(8.5-vazifa).