ILM ZIYOSINI TARATIB

28/11/2019 - 12:03 4521

Oramizda shunday yurtdoshlarimiz borki, ular hayotda kamtarin, kamsuqum bo‘lib yashasalar-da, lekin o‘ziga berilgan yuksak iqtidor, bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik fazilatlari tufayli jamiyatda zalvorli ishlar qilishga qodirdirlar.

 Ana shunday mo‘tabar zamondoshlarimizdan biri, shubhasiz ustoz hamkasbimiz, iqtisod fanlari doktori, professor, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Tursun Muxitovich Axmedov sanaladi.

Mana qariyb yarim asrdirki, bu inson mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotiga o‘zining beminnat hissasini qo‘shib kelmoqda. Qanchadan-qancha shogirdlari hozirda davlat idoralari, oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish jabhalarida samarali faoliyat olib borishmoqda.

Bugun vazirlikda ustozni muborak 70 yoshi bilan qutlash, mehnatlarini qadrlash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik rahbariyati, yubilarning qadrdonlari va shogirdlari jamlanishib, ustozni muborakbod etishdi.

Fursatdan foydalanib, biz ham ustozga mustahkam sog‘liq, barakali umr, yanada kuch-quvvat va zalvorli ilmiy salohiyatlar tilab qolamiz!

 

Axborot xizmati