Elektron kooperatsiya portali taqdimoti

15/11/2019 - 20:19 4165

Bugun “O‘zekspomarkaz” markaziy ko‘rgazmalar majmuida joriy yilning 18-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Elektron kooperatsiya portali taqdimotiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan seminar ishtirokchilariga mazkur portal orqali elektron tarzda shartnomalarni rasmiylashtirish va onlayn xarid qilish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Ma‘lumot o‘rnida: Elektron kooperatsiya portali (www.cooperation.uz) hamkorlarni izlash hamda uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yadigan sheriklarni topishning muhim vositasi bo‘lib, masofadan turib sanoat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish va davlat xaridlari tizimi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarga barqaror talabni shakllantirishni ta’minlaydi.

Portalning asosiy maqsadi, mahalliy sanoat ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes sub’ektlarini ishlab chiqarishga keng jalb qilish hamda sanoat koopreatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish xisoblanadi.

Axborot xizmati