Hududiy qo‘shma loyihalar muhokama qilindi

11/11/2019 - 20:09 4497

Bugun, 11 noyabr kuni vazirlikda O‘zbekiston-Qozog‘iston hamda O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida 2-chi hududlararo hamkorlik Forumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va imzolangan kelishuvlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan loyihalar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari, vazirlikning mas’ul xodimlari va hududiy bosh boshqarmalari rahbarlari ishtirokida  bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasi bilan Iqtisodiy hamkorlik Dasturi doirasida 55 ta hududiy loyiha, Qozog‘iston Respublikasi bilan
12
 ta investitsion loyihaning amalga oshirilishi belgilangan.

Axborot xizmati