Zargarlik sohasida soddalashtirilgan tartib belgilandi
03/10/2019 - 12:30 4965
Ma’lumki, joriy yilning may oyida respublikamizda zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 oktyabrdagi 834-son qarori qabul qilindi.
Unga qo‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini olib borish olti bosqichda amalga oshirilib, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi Davlat soliq qo‘mitasida shakllantiriladi.
Batafsil: http://lex.uz/pdfs/4532656