Jamoaviy hamjihatlik omili
30/09/2019 - 22:06 5585
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan beshta muhim tashabbusdan biri, shubhasiz, bu yosh avlodni jismonan chiniqtirish va ommaviy sportga jalb etish hisoblanadi. Albatta, bu borada davlat idoralari, tashkilotlarida ommaviy sport bilan shug‘ullanish sur'atlari tobora ortib bormoqda.
Shu ma'noda, vazirlik rahbariyati tomonidan jamoada, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalasiga e'tibor qaratilib, ilk marotaba voleybol sport turi bo‘yicha chempionat o‘tkazildi. Unda vazirlik tizimidagi xodimlardan iborat 8 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Bellashuvlar ancha qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi. Muhimi, ushbu tadbirning o‘tkazilishi, jamoada birdamlik kayfiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.