Soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
27/09/2019 - 17:20 5516
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilindi.
Farmon to‘liq matni Lex.uz qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirilgan.