O‘zbekiston nimasi bilan jozibador?

20/09/2019 - 17:49 5417

Avval xabar berilganidek, joriy yilning iyul oyida “ATAMEKENBUSINESS” Media-xolding kompaniyasi (Qozog‘iston) tasvirga olish guruhi mamlakatimiz haqida hujjatli film tayyorlash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Tashrif davomida ularga Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv hamda Andijon va Farg‘ona viloyatlariga safar uyushtirilgan edi.

Quyidagi havolada Atameken Business telekanali tomonidan tayyorlangan “Qo‘shnilar: O‘zbekiston” nomli hujjatli film (rus tilida) taqdim etilgan. Unda O‘zbekistonning tarixiy-madaniy taraqqiyoti, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasi va samarasi, respublikada biznes yuritishning istiqbollari va umuman yaratilgan investitsion muhit haqida so‘z boradi.