Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi amalga oshiriladi

13/09/2019 - 17:15 4888

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 sentyabrda “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 761-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qaroriga muvofiq hamda agrosanoat majmui mahsulotlarini kompleks qayta ishlash, saqlash va sotishing zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, shu jumladan eksport qilish xajmlarini oshirish tadbirlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 244,74 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etib, uning 197 mln. AQSh dollari Osiyo taraqqiyot banki qarzidan iborat.

Loyihani amalga oshirish doirasida Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha agrologistika komplekslarini qurish nazarda tutilgan.

Hujjatning to‘liq matni: http://lex.uz/pdfs/4509950