“ATAMEKENBUSINESS» Media-xolding guruhining tashrifi
09/07/2019 - 19:08 6920
Bugun, 9-iyul kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga “ATAMEKENBUSINESS» Media-xoldingi (Qozog‘iston Respublikasi) tasvirga oluvchi guruhi tashrif buyurdi.
Ushbu media-xolding guruhining respublikamizga kelishidan maqsadi – o‘zbek xalqining madaniy-tarixiy qadriyatlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji, umuman O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti haqida hujjatli film olishdan iborat.
Media-xolding guruhi a’zolariga vazir o‘rinbosari Soxib Saifnazarov intervyu berdi. U o‘z intervyusida mamlakatimizdagi iqtisodiy yangilanishlar, kichik biznes ravnaqi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qolaversa, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi istiqbolli hamkorliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Media-xolding guruhi yurtimizning Andijon va Farg‘ona viloyatlariga ham borib, ushbu hududlardagi ishlab chiqarish ob’ektlari bilan tanishmoqchi.
Axborot xizmati