Onlayn-auksionlarning hafta natijalari bilan tanishing!
15/06/2019 - 11:50 5489
Joriy yilning 10 – 14-iyun kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 14ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 134ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 58 ta obyekt sotildi.
Davlat mulki obyektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 14 ta davlat mulki obyekti 6 mlrd 300 mln. soʻm investitsiya kiritish, 142ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan1 117 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari ushbu haftada Respublika boʻyicha 27 ta obyekt sotuvga chiqarildi.
Yer uchastkalariga boʻlgan huquq
Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 134ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 122 mlrd. 498 mln. investitsiya kiritish va 790dan ortiqyangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd 568,67 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 106ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 58ta obyekt 6 mlrd. 643,3 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 91ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Daryo oʻzanlari tozalash xuquqi
Yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalashga boʻlgan huquq realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida 70ta obyekt savdoga chiqarilgan. Ushbu obyektlarning 3tasi 892,9 mln.soʻmlik boshlangʻich narx bilan joriy haftada savdoga chiqarildi.
Metall qazib olish huquqi
Hafta davomida jami 11 ta boshlangʻich narxi 82,5mln. soʻmlik oltin qazib olish boʻyicha uchastkalar 91,12 mln. soʻmga sotildi.Shuningdek,9 ta boshlangʻich narxi 67,5 mln. Soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Yagonaelektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uzsaytlari orqali kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PRxizmati