Xalqaro reyting va indekslar
10/04/2019 - 11:42 15600
Bugungi kunda mamlakatimiz hududida biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini kafolatlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta'minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqyeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish borasida tegishli davlat organlariga mas'uliyatli vazifalar yuklatilgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi quyidagi reyting va indekslar uchun mas'ul hisoblanadi:
- Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic freedom);
- Inson kamoloti indeksi (Human Development index);
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar nazorati indeksi (FDI Regulatory Restrictiveness Index);
- Sanoat raqobatbardoshligi indeksi (Global Manufacturing Competitiveness Index).
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi Farmoni bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga «Doing business» («Biznes yuritish») hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda bu yo‘nalishda Jahon banki bilan o‘zaro hamkorlik qilish funksiyalari yuklatildi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ushbu reyting va indekslarni yuritish amaliyotiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni tanlov asosida yangi tashkil etilgan tarkibiy tuzilmaga ishga qabul qilishini ma'lum qiladi.
Murojaat uchun telefonlar: 712-326-505, 712-326-341