Maxsus zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarning hujjatlari kompleks ekspertizadan o‘tkazilmoqda
29/03/2019 - 17:42 10844
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK maxsus zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarning hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan erkin iqtisodiy zonalar (keyingi o‘rinlarda – EIZ) hududlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishni ta'minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi o‘rinlarda – Markaz) EIZ hududlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi va xulosalar beradi.
Investitsiya loyihalarining hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ularni EIZ hududlarida amalga oshirilishi uchun belgilangan talablarga muvofiqligi tahlili o‘tkaziladi.
Markaz tomonidan ijobiy xulosa berilganidan so‘ng, EIZning ma'muriy kengashlari EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni ularga berilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini inobatga olgan holda qabul qiladilar.
Markazning ekspertizasidan o‘tgan EIZ hududida amalga oshirishi
ehtimol qilinayotgan investitsiya loyihalari
RO‘YXATI
№ |
EIZ direksiyalarining nomlari |
Investitsiya |
Hujjatlar |
Investitsiya loyihalarining |
1 |
«Navoiy» |
«Navoiy-Ishonch-Gilamlari» МChJ |
Biznes-rejalar |
Tomchi va yomg‘ir bilan sug‘orish uchun polietilen quvurlari ishlab chiqarish |
2 |
«Sirdaryo» |
МChJ «Eurasian Industrial Union» |
Biznes-rejalar |
Penopolistirol va plastmassa asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish |
3 |
«Angren» |
ChI AJ «ANGREN PACK» |
Biznes-rejalar |
"ANGREN PACK" СhI AJ bazasida karton, qog‘oz va bortli mahsulot doirasini kengaytirish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish |
4 |
«Angren» |
МChJ «TREND TEX» |
Texnik-iqtisodiy asoslar |
Tikuv mahsulotlarini tashkil qilish |
5 |
«Jizzax» |
МChJ «IRUSKON» |
Texnik-iqtisodiy asoslar |
Keng assortimentdagi qandolat maxsulotlarini ishlab chiqarish |
6 |
«Angren» |
МChJ «ASIA AUTO INDUSTRY» |
Biznes-rejalar |
Turli xil kuzov maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkl etish |
7 |
«Buxoro-agro» |
МChJ «Xumo Trans Agro Fayz» |
Biznes-rejalar |
"Buxoro-agro" hududida zamonaviy issiqxonalar yaratish. |
8 |
«Buxoro-agro» |
МChJ «Toshkent ta'mir temir beton» |
Biznes-rejalar |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash uchun kompleks yaratish |
9 |
«Buxoro-agro» |
МChJ «Bukhara mega gold» |
Biznes-rejalar |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash uchun kompleks yaratish |
10 |
«Jizzax» |
МChJ «Jizzax Dizayn Invest» |
Texnik-iqtisodiy asoslar |
Rafinatsiyalangan va hidsizlantirilgan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni va uning fraksiyalarini qayta ishlani tashkil etish |
11 |
«Gijduvon» |
МChJ «Nazir Shoxjaxon» |
Biznes-rejalar |
Polipropilen qoplarni ishlab chiqarishni tashkil etish |
12 |
«Angren» |
МChJ «Antey-Steel» |
Texnik-iqtisodiy asoslar |
Issiq, sovuq holatda tayyorlangan va tsinklangan po‘latdan metall buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish |
13 |
«Navoiy» |
YaTT МChJ «Universalagro» |
Biznes-rejalar |
O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va pista, bodom, kaheva va yong‘oqni kalibrlash, qovurish va qadoqlash zavodini yaratish |
14 |
«Chorvoq» |
МChJ «Core IT Service» |
Biznes-rejalar |
Baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish va ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatish |
15 |
«Chorvoq» |
МChJ «Funny travel» |
Biznes-rejalar |
Ekstremal ekoturizmni tashkil etish |
16 |
«Angren» |
МChJ «Metal Products» |
Biznes-rejalar |
Turli xil metall maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkl etish |
17 |
«Angren» |
МChJ «Sigma Chemical Industry» |
Biznes-rejalar |
Vodorod periksni ishlab chiqarish uchun kimyoviy kompleks qurilishi |