Ustuvor vazifalar belgilab olindi

17/01/2019 - 15:13 6463

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilinib, ushbularga ko‘ra, Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, Prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri J.Qo‘chqorovlar ishtirokida vazirlik jamoa a'zolari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda yuqoridagi farmon va qarorning mazmun mohiyati batafsil tushuntirib berildi. Jumladan, iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish, iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyotini, jumladan urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali ularning mutanosibligini muvofiqlashtiradigan tizimni barpo etish,  bunda: iqtisodiyot organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish “lokomotiviga” aylantirish, iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini izchil joriy etish kabi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalindi.

Yig‘ilishda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining yangi tasdiqlangan rahbarlari bilan butun jamoa tanishtirildi.  

Vazirlik Axborot xizmati