YUKSAK EHTIROM
31/08/2018 - 10:37 6993
Mustaqillik, Tinchlik, Taraqqiyot!
Bu ulug‘ tushunchalar bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lib, bir-birini mantiqan to‘ldiradi. Shu boisdan ular hamisha yonma-yon.
Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqining tarixiy yutug‘i bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligi bayrami shu kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida keng nishonlanayotgani ham fikrimizning yoqqol dalilidir.
Bugun poytaxtimiz markazida joylashgan Mustaqillik va Ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali tadbirda Iqtisodiyot vazirligining bir guruh faollari ham ishtirok etishdi.