Iqtisodiyot vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24/08/2018 - 20:06 7030

24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vaziri B.Xo‘jayev Rossiya Federatsiyasining Iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Oreshkin rahbarligidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda shuningdek, Tashqi savdo va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari vakillari ishtirok etdilar. 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritilib, B.Xo‘jayev mehmonlarning e'tiborini iqtisodiy hamkorlik doirasida erishilayotgan o‘zaro manfaatli yuqori natijalarga qaratdi.

Muloqot davomida Respublikamiz hududlaridagi korxonalarning Rossiya korxonalari bilan birgalikda amalga oshirayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari, ular bilan eksport va import munosabatlari yuzasidan fikrlar almashildi. 

Shuningdek, joriy yilning kuzida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Rossiya iqtisodiy forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, uchrashuv maqsadli samarali o‘tdi.

Axborot xizmati