Umumxalq xayriya hasharida Iqtisodiyot vazirligi xodimlari ham faol qatnashmoqda
18/08/2018 - 13:01 6857
Mamlakatimiz mustaqilligini yigirma yetti yilligi va Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish maqsadida 2018 yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyi deb e'lon qilindi, shuningdek joriy yilning 18-19 avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini yuqori uyushqoqlik va hamjihatlik bilan tashkil etish maqsad qilib belgilandi.
Ushbu tadbir beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish va respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash kabi olijanob fazilatlarni yana bir bor namoyon qildi.
Iqtisodiyot vazirligining xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida ko‘tarinki kayfiyat bilan faol ishtirok etmoqdalar. Ular o‘zlariga belgilangan hududlarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini olib bordilar. Ya'ni, vazirlik binosi hamda qurilayotgan yangi blok atrofidagi maydonlarni yig‘ishtirdilar, daraxtlarga shakl berib, oqladilar. Shuningdek, yo‘lkalarning hoshiyalarini oqlab, chiqindilarni olib tashladilar.
Axborot xizmati